O‘zbekistonlik talabalar Yekaterinburgdagi “Yozgi universitet” loyihasida ishtirok etishdi

“Yozgi universitet 2024” xalqaro loyihasi butun dunyodan 400 ga yaqin talabalarni birlashtirdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik talabalar Yekaterinburgda Ural federal universiteti qoshida tashkil etilgan “Yozgi universitet” loyihasida ishtirok etishdi. Bu haqda Toshkentdagi Rossotrudnichestvo ma’lum qildi.
“Yozgi universitet 2024” xalqaro loyihasi butun dunyodan 400 ga yaqin talabalarni birlashtirdi. Ikki hafta davomida O‘zbekiston Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari ham rossiyalik mutaxassislardan yangi bilim va tajribaga ega bo‘lishdi.
“Yozgi universitet 2024” xalqaro loyihasi
“Yozgi universitetda interfaol ma’ruzalar, shaharning yetakchi korxonalarida amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar va sport tadbirlari o‘tkazildi. Bir vaqtning o‘zida dunyoning ikki qismida qolish imkoniga ega bo‘lgan Yevropa va Osiyoning geografik chegarasiga sayohat barcha ishtirokchilarni ayniqsa xursand qildi”, — deyiladi xabarda.
“Yozgi universitet 2024” xalqaro loyihasi
Dastur natijasida talabalar ilg‘or yo‘nalishlar bo‘yicha 9 ta o‘quv yo‘nalishda o‘z loyihalarini ishlab chiqishdi. Loyiha doirasida milliy mehmondo‘stlik kechasi ham bo‘lib o‘tdi va unda turli mamlakatlardan kelgan talabalar o‘z milliy madaniyatini namoyish etishdi.
“Ural federal universitetining yozgi universitetida qatnashish menga huquqshunoslik sohasidagi bilimlarimni kengaytirish va kelgusi hamkorlik uchun qimmatli aloqalarni o‘rnatish uchun noyob imkoniyat berdi” — deya o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi o‘zbekistonlik ishtirokchi Akmalsher Rahimov.