Keldiyorova Olimpiya o‘yinlarida oltin medalga ega chiqdi — uni Mirziyoyev ham tabrikladi

Keldiyorova yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ilk o‘zbekistonlik ayol chempion sifatida tarixga kirdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Diyora Keldiyorova Olimpiya o‘yinlarida kun qahramoniga aylandi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Keldiyorova Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining -52 kg vazn toifasidagi chempionini mag‘lub etish bilan musobaqani boshlab, -48 kg vazndagi chempionni dog‘da qoldirish bilan ishtirokini yakunladi.
Diyora Keldiyorova - pervaya Olimpiyskaya chempionka po dzudo iz Uzbekistana
Shuningdek, yarim finalda aralash jamoaviy dastur chempionini ham yengishga erishdi. Shu tariqa, kun davomida uch yo‘nalishdagi chempionlarni mag‘lub etgan sportchi yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi ilk o‘zbekistonlik ayol chempion sifatida tarixga kirdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Parijda o‘tayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida dzudo bo‘yicha bellashuvlarning 52 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqibalarini yengib, olimpiya terma jamoaga birinchi oltin medalni keltirgan Diyora Keldiyorova bilan telefon orqali muloqot qildi.
“Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, Diyora Keldiyorovaning chempionligida murabbiy Marko Shpitkaning ham hissasi katta.
Diyora Keldiyorova - pervaya Olimpiyskaya chempionka po dzudo iz Uzbekistana
“Atlanta-1996 yozgi Olimpiya o‘yinlarining bronza medali sohibi bugun o‘zbekistonlik shogirdi bilan chempionlikka erishdi. O‘zbek dzudosida Armen Bagdasarov, Abdulla Tangriyev, Rishod Sobirov, Diyorbek O‘rozboyev, Davlat Bobonov kabi taniqli nomlar Olimpiya o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan. Lekin oltin medal va chempionlikka erishgan ilk dzudochi Diyora Keldiyorova bo‘ldi”, — deb yozadi qo‘mita.
Diyora Keldiyorova - pervaya Olimpiyskaya chempionka po dzudo iz Uzbekistana
O‘zbek dzudosi malikasi Diyora Keldiyorova sharafiga O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangradi.
Diyora Keldiyorova - pervaya Olimpiyskaya chempionka po dzudo iz Uzbekistana
Diyora Keldiyorova Olimpiya o‘yinlaridagi asosiy raqibini yo‘ldan olib tashladi — foto