Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balli o‘zgarmadi — vazirlik

Davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish bali 68,0 ball, to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish bali 56,7 ball etib belgilandi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. 2024/2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal o‘tish balli o‘zgarishsiz qoldi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.

“O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy ta’lim muassasalariga davlat granti bo‘yicha minimal o‘tish balli – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 %), to‘lov-kontrakt bo‘yicha minimal o‘tish balli – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 %) etib belgilandi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 14-28 iyul kunlari oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar yakunlangach, 30-iyuldan boshlab 15 kun yo‘nalish tanlash imkoniyati yaratiladi. 13-avgustda (shu kuni ham) ushbu muddat yakunlanadi. Mandat javoblari 22-avgustga qadar e’lon qilinadi.
Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 27-iyuldan 10-avgustga qadar, 15 kun davomida oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari lozim.