BRIKSga 30 taga yaqin davlat a’zo bo‘lish istagini bildirdi — ekspert

Ekspert Toloraya: yangi geosiyosiy vaziyat BRIKSga qiziqish uyg‘otdi.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyul — Sputnik. Yangi geosiyosiy vaziyat BRIKSga qiziqish uyg‘otdi, 30 taga yaqin davlat allaqachon ittifoqqa qo‘shilish istagini bildirgan. Bu haqda BRIKS milliy tadqiqot qo‘mitasi ijrochi direktori Georgiy Toloraya RIA Novostiga ma’lum qildi.
“Yangi a’zolarning kirib kelishi birlashmaga turtki berdi. BRIKS o‘zining birinchi o‘n yilligidan so‘ng dinamikani yo‘qota boshladi va plato deb ataladigan darajaga yetdi. Uning doirasida yangi tashabbuslar, o‘zgarishlar kam, ma’lum ichki qarama-qarshiliklar ham bo‘ldi”, — dedi u.
“Yangi geosiyosiy vaziyat, G‘arb va g‘arbiy bo‘lmagan dunyoning bir qismi o‘rtasidagi ochiq mojaroning boshlanishi BRIKSga shu qadar qiziqish uyg‘otdiki, ko‘plab davlatlar unga qo‘shilishni xohlashdi”, — deya qo‘shimcha qildi agentlik suhbatdoshi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, alyansga qo‘shilish uchun allaqachon 30 taga yaqin navbatda turibdi.
"Hozirda global ko‘pchilik manfaatlarining vakili bo‘lgan BRIKS endi yangi global siyosiy va iqtisodiy tizimni yaratish platformasiga aylanishni boshlashi kerak", — dedi Toloraya.
BRIKS G‘arb monopoliyasiga qarshi chiqmoqda — Gananing sobiq prezidenti