TOShKENT, 28-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasida Misrga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Hisob 0:1.
Fotogalereya protivostoyaniya sbornix Uzbekistana i Yegipta po futbolu
© NOK
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Misr olimpiya terma jamoalari 2-tur bahslarida maydonga tushishdi. Uchrashuvning 11 daqiqasida Misr olimpiya terma jamoasi a’zosi Ahmed Koka hisobni ochdi.
Fotogalereya protivostoyaniya sbornix Uzbekistana i Yegipta po futbolu
© NOK
Endi o‘zbekistonlik futbolchilar guruhdagi so‘nggi turni 30-iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkazadi.
Fotogalereya protivostoyaniya sbornix Uzbekistana i Yegipta po futbolu
© NOK
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlagandi. O‘zbekiston – Ispaniya olimpiya jamoalari uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlangandi.