Parij-2024: Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Misr bilan bellashadi

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Nant shahridagi “Bojuar” stadionida kechadigan bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar Misrga qarshi maydonga chiqishadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshlagandi. O‘zbekiston – Ispaniya olimpiya jamoalari uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlangandi.