Mirziyoyev avgustda Qozog‘istonga tashrif buyuradi

7 avgust kuni Ostona shahrida “Qozog‘iston-O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil avgust oyi boshida Qozog‘istonga tashrif buyuradi.

Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi xabariga ko‘ra, tashrif doirasida 7-avgust kuni Ostona shahrida “Qozog‘iston-O‘zbekiston” biznes-forumi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yil 3-4 iyul kunlari amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘lgandi. Mirziyoyev ShHT Davlat rahbarlari kengashining majlisi va "ShHT plyus" formatidagi uchrashuvda ishtirok etgandi.
ShHT hamjihatligi zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik muhim: Mirziyoyevning sammitdagi asosiy fikrlari