Demokratlar Xarrisni nomzod sifatida tanlab, xatoga yo‘l qo‘ydi — sobiq amerikalik diplomat

Uning keng jamoatchilik bilan “asal oyi” juda uzoq davom etadi, deb o‘ylamayman, deydi iste’fodagi amerikalik diplomat.
Sputnik
TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. AQShda demokratlar noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodi sifatida vitse-prezident Kamala Xarrisni tanlab, xatoga yo‘l qo‘ydi, dedi Davlat departamenti qoshidagi ikki tomonlama Rossiya-Amerika prezidentlik komissiyasining sobiq maslahatchisi Jeyms Karden RIA Novostiga.
“U debat olib bora olmaydi va hayajonli nutq so‘zlay olmaydi... Menimcha, demokratlar xatoga yo‘l qo‘yishdi. Ular Baydenni qoldirishsa yaxshiroq bo‘lardi”, - dedi Karden.
Uning fikricha, Xarris “xotirjamlik va ahmoqlik uyg‘unligi”ni ifodalaydi va respublikachi raqibi Donald Trampga bo‘lajak saylovlarda uni mag‘lub etish qiyin emas.
“Uning keng jamoatchilik bilan “asal oyi” juda uzoq davom etadi, deb o‘ylamayman. Sentabr va oktabr oylarida jamoatchilik uning kampaniyasiga moslasha boshlagach, u haqida ancha yaxshi tasavvurga ega bo‘lish mumkin bo‘ladi”, - deydi iste’fodagi amerikalik diplomat.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan amaldagi prezident Jo Bayden vakillik qiladi, deb taxmin qilingan edi, biroq iyun oyidagi respublikachi raqib Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan debatdagi halokatli natijadan so‘ng, demokratlar o‘rtasida Baydenni kurashdan voz kechishga chaqiriqlar kuchaya boshladi. U 21-iyul kuni poygadan chiqishga qaror qildi va vitse-prezident Kamala Xarris nomzodini AQSh hukumatining eng yuqori lavozimiga ko‘rsatishni qo‘llab-quvvatladi.
“Unda kuzir bor”. Trampning yangi raqibi nimasi bilan xavfli?