Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Kramatorskdagi Ukraina omborini vayron qildi — video

Mudofaa vazirligi UQKning yonayotgan qurol-yarog‘ ombori videosini namoyish qildi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari “Iskander-M” raketasi yordamida Kramatorskda joylashgan UQK 56-alohida motoo‘qchilar brigadasining raketa va artilleriya qurollari omboriga va zirhli texnika yashirin saqlanayotgan sanoat zonasiga zarba berdi.

“Zarbasi natijasida HIMARS ko‘p raketali tizimning uchirish qurilmasi, “Grad” reaktiv o‘t ochish tizimining 5 ta texnika birligi, beshta tank va 10 tagacha turli zirhli texnika yo‘q qilindi”, - deyiladi hisobotda.

Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon Ukraina Qurolli kuchlari umumiy hisobda 630 ta samolyot, 278 ta vertolot, 28 644 ta uchuvchisiz apparatlar, 556 ta zenit-raketa tizimi, 16 684 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1390 ta ko‘p raketali tizimlar, 12 416ta dala artilleriyasi va minomotlari, 24 086 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘ldi.