Moskvada avtomobil portlatgan shaxs Turkiyadan olib kelinib tergov qilinmoqda — video

Moskvada portlash uyushtirib Turkiyaga qochib ketgan shaxs maxsus xizmatlar hamkorligida qo‘lga olinib Rossiyaga ekstraditsiya qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. Moskvada 24-iyul kuni avtomobilni portlatgan shaxs Rossiyaga olib kelindi va tergov qilinmoqda.
Gumonlanuvchi 1995-yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosi Yevgeniy Serebrakovning aytishiga ko‘ra, bir necha oy oldin u ijtimoiy tarmoqlar orqali Ukraina maxsus xizmatlari bilan bog‘langan. Shundan so‘ng u "SBU"lik kurator nazorati ostida portlovchi moslama tayyorlagan va uni Rossiya ofitseri avtomobili ostiga o‘rnatgan.
Eslatib o‘tamiz, 24-iyul kuni Moskva shimolidagi Sinyavinskaya ko‘chasida "Toyota" yo‘ltanlamas avtomobili portlatib yuborilgan edi. Portlovchi moslama avtomobil ostiga o‘rnatilgan bo‘lgan. Uning egasi og‘ir jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan edi.