Tarixga kirdi: birinchi o‘zbek Olimpiya kamonchisi bilan suhbat

Ziyoda Abdusattorova – kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston tarixida ilk bor Olimpiada litsenziyasini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik qiz.
Sputnik
Sputnik muxbiri bilan suhbatda Ziyoda kamondan otishni qanday boshlagani va nimani orzu qilishi haqida so‘zlab berdi.
Ziyoda 13 yoshida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Marg‘ilonda kamondan otish bilan shug‘ullana boshlagan.

“Birinchi kun mashg‘ulotga maktab formasida kelganman, hali ustimga forma olmagan edim. Zalga kirib kelganimizda kamonni ushlab ko‘rdim. O‘sha kuni zalda chiroq o‘chib qolgan edi. Aynan tushlik vaqti borganim sababli mashg‘ulot jarayonida hamma xonada o‘tirgan edi. Men uchun xuddi butun bir oila o‘tirgandek bo‘lgan. Birinchi kundanoq meni xuddi yaqin tanishlaridek chaqirishgan, birgalikda o‘tirib tushlik qilganmiz", - deya eslaydi qahramonimiz.

Ziyoda litsenziyani qo‘lga kiritishda unga ustozlari, birga shug‘ullanadigan jamoasi va ota-onasi ko‘p hissa qo‘shgan deb hisoblaydi.

Bugun u Parijda musobaqalarning dastlabki saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zining eng katta orzusi — Olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lish tomon intilmoqda.

Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.