Olimpiya o‘yinlari: O‘zbekistonning Ispaniyaga qarshi o‘yini qanday o‘tdi?

Bahsda futbolchilar kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi.
Sputnik
TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘zbekiston – Ispaniya olimpiya jamoalari uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Parij Olimpiadasidagi ishtirokini Ispaniyaga qarshi o‘yin bilan boshladi.
O‘zbekiston – Ispaniya olimpiya jamoalari uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi.
Bahsda futbolchilar kichik hisobda imkoniyatni boy berishdi. O‘yinning 27 daqiqasida raqib jamoadan Mark Pubil hisobni ochdi.
O‘zbekiston – Ispaniya olimpiya jamoalari uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi.
44 daqiqada esa O‘zbekiston tomonidan kiritilgan penaltidagi golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
O‘zbekiston – Ispaniya olimpiya jamoalari uchrashuvi 1:2 hisobida yakunlandi.
Uchrashuvni afrikalik hakamlar brigadasi boshqarib bordi.
Milliy olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Shomurodov jamoaning Olimpiya o‘yinlaridagi dastlabki goliga mualliflik qilgan futbolchi sifatida tarixga kirdi.
“O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi Olimpiada ochilish o‘yinlaridan birida bo‘lganimdan juda xursandman. Futbol Parijda barcha odamlarni birlashtirayotganini ko‘rish juda ajoyib. 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlaridagi ajoyib sport haftasini intiqlik bilan kutapman!”, — deb yozadi FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining rasmiy sahifasida.
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiada o‘yinlari guruh bosqichining 2-turida Misrga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 27-iyul kuni bo‘lib o‘tadi.