TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Erondan kelayotgan "tahdid"ga qarshi Yaqin Sharqda NATOga o‘xshash ittifoq tuzish kerak. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSh kongressidagi nutqida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Endi men butun Yaqin Sharq haqidagi tasavvurimni bayon qilmoqchiman. Bu qisman biz Ikkinchi jahon urushidan keyin guvoh bo‘lgan narsalarga asoslanadi. O‘shanda urushdan keyin Amerika kuchayib borayotgan Sovet tahdidiga qarshi turish uchun Yevropada xavfsizlik ittifoqini yaratdi. Xuddi shunday, Amerika va Isroil bugun Erondan kelayotgan tahdidga qarshi turish uchun Yaqin Sharqda xavfsizlik ittifoqini yaratishi mumkin”, — dedi u.
Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi Tel-Aviv bilan munosabatlarni normallashtirgan har qanday davlat ushbu ittifoqqa taklif olishi kerak. Shuningdek, u Isroilning G‘azodagi g‘alabasi va uning “demilitarizatsiyasi va deradikalizatsiyasi” bilan “xavfsiz kelajak, farovonlik va tinchlik” bo‘lishini aytdi.
Bundan tashqari, Netanyaxu Tel-Avivning G‘azodagi garovga olinganlarni ozod qilish borasidagi faol sa’y-harakatlarini qayd etib, ular muvaffaqiyatli bo‘lishiga ishonch bildirdi.