Matbuot markazi

Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlari — video

O‘zbekiston va qirg‘izistonlik mutaxassislar Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlarini muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan videoko‘prik muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Unda Toshkentdan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Bobur Rasulov, Bishkekdan esa iqtisodchi Nurgul Akimova ishtirok etdi. Ekspertlar ikki davlat munosabatlaridagi rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi 18-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishdi, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.