Rossiya TIV Zelenskiyning mojaro tugashi haqidagi bayonotini baholadi

Zaxarova: Zelenskiyning mojaroning tugashi haqidagi bayonotlari AQShdagi saylovlar bilan bog‘liq.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. Vladimir Zelenskiyning Ukraina mojarosining tezroq tugashi haqidagi bayonotlari Qo‘shma Shtatlardagi saylov bilan bog‘liq. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik radiosi efirida ma’lum qildi.
Avvalroq Zelenskiy Ukrainadagi mojaroga imkon qadar tezroq barham berish zarurligini tushunishini aytgandi.
"Bu ritorika yana Qo‘shma Shtatlardagi saylov sikllari bilan bog‘liq. Oq uy atrofida sodir bo‘layotgan voqealar va bo‘lajak saylovlar fonidagi bu signallarni Bankovaya ko‘rib chiqish nuqtayi nazaridan yubormoqda”, — dedi Zaxarova.
Uning ta’kidlashicha, bu holatda Zelenskiyning samimiyligiga ishonish mumkin emas.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Zelenskiy og‘ir vaziyat tufayli Rossiya bilan muzokaralar olib borishga ishora qildi — OAV