Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Prezidentlar strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Muloqotda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

"Suhbat avvalida Rossiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sog‘lik, farovonlik va katta muvaffaqiyatlar tiladi",— deyiladi xabarda.

Rossiya Federatsiyasi prezidentining shu yil 26-28 may kunlari O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.
"Hamkorlikni rivojlantirishdagi shaxsiy hissangiz beqiyosdir" — Putin Mirziyoyevni tabrikladi