“Bozorni kengaytirmoqchimiz”: Toshkentda moda va to‘qimachilik ko‘rgazmasi qanday o‘tmoqda?

Toshkentda “TFT Expo” xalqaro moda va to‘qimachilik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik
Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Turkiya va Xitoyning 150 dan ortiq brendi o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda: kechki liboslar, ustki kiyimlar, mo‘yna va jun mahsulotlari, aksessuarlar va to‘qimachilik.
Ko‘rgazma doirasida 16 ta mahalliy va 5 ta xalqaro brendlar ishtirokidagi moda namoyishlari, mahorat darslari va B2B uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi. Rossiyalik ishtirokchi O‘zbekistonga kelib, tadbirda ishtirok etishdan asosiy maqsadi nima ekanligini so‘zlab berdi.
Ko‘rgazma 24-iyulga qadar davom etadi.
Batafsil – Sputnik O‘zbekiston videosida.