Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya bir kechada Ukrainaning 25 ta dronini urib tushirdi

Mudofaa vazirligi: Havo hujumidan mudofaa bir kechada Rossiya Federatsiyasi hududida Ukraina Qurolli kuchlarining 25 ta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Qrim va Qora dengiz, Bransk va Belgorod viloyatlarida Ukrainaning 25 ta uchuvchisiz qurilmasini tutib oldi va yo‘q qildi, deb xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“O‘tgan tunda Kiyev rejimi Rossiya Federatsiyasi hududidagi nishonlarga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida terrorchilik hujumi uyushtirishga urindi”, — deyiladi xabarda.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Bransk va Belgorod viloyatlari uzra ikkita hamda Qrim va Qora dengiz uzra 21 ta dronni tutib, yo‘q qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rostov viloyati ustidan 47 ta, Belgorod viloyati ustidan bitta, Voronej viloyati ustidan bitta, Smolensk viloyati ustidan bitta va Krasnodar o‘lkasi ustidan sakkizta, shuningdek, Qora va Azov dengizlari uzra 17 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini tutib olib, yo‘q qilgani ma’lum qilingan edi.