Matbuot markazi

Markaziy Osiyoda suv-energetika muammolarini qanday hal qilish mumkin — video

Videoko‘prikda Qirg‘iziston va O‘zbekistondan mutaxassislar ishtirok etmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia markazida Markaziy Osiyoda suv-energetika muammolarini hal qilish masalalariga bag‘ishlangan videoko‘prik bo‘lib o‘tdi.
Ekspertlar mintaqaning suv-energetika sohasidagi muammolarni mintaqaviy integratsiya vositalari va YeOII institutlari orqali hal qilishning mumkin bo‘lgan mexanizmlarini muhokama qilishdi.
Ishtirokchi mutaxassislar:
Bishkekdan: "Applikata" strategik qarorlar markazi direktori Qubatbek Rahimov, Markaziy Osiyo instituti rahbari Stanislav Pritchin, Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi maslahatchisi Mixail Jevagin, Rossiyaning Qirg‘izistondagi elchixonasi ikkinchi kotibi Maksim Petrov.
Toshkentdan: O‘zbekiston suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari Andrey Petrov.
Ma’lumot uchun, Yevroosiyo tiklanish va taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2028-yilda Markaziy Osiyoda suv resurslarining surunkali tanqisligi kuzatiladi. Buning oqibatlari qishloq xo‘jaligi, sanoat, davlat sektori va ichimlik suvi ta’minotiga ta’sir qiladi.
Avvalroq Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston energetika vazirliklari o‘rtasida Qambarota GES-1ni qurish va foydalanish loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risida uch tomonlama bitim imzolangan edi.
Qayd etilishicha, Qirg‘izistonda hozirdanoq GES qurilishiga hozirlik ko‘rilmoqda, uning ishga tushirilishi mamlakatdagi elektr taqchilligi muammosini hal qiladi. Rejaga ko‘ra, Norin darosidagi 1860 MVt quvvatga ega GES Markaziy Osiyodagi eng yirik gidroyelektr stansiyalaridan biriga aylanadi va respublikaga elektr energiyasi eksport qiluvchi davlatga aylanish imkonini beradi.