TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Xalqaro olimpiya qo‘mitasining (XOQ) Parijda bo‘lib o‘tgan sessiyasi Xalqaro boks assotsiatsiyasini (IBA) tan olingan xalqaro federatsiyalar ro‘yxatiga qaytarishdan bosh tortdi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Avvalroq Sport arbitraj sudi (SAS) XOQning 2023-yil 22-iyundagi XOQ sessiyasining tashkilotni tan olishni bekor qilish haqidagi qarori ustidan bergan apellyatsiyasini rad etgan edi.
O‘sha yilning 7-iyunida XOQ Ijroiya qo‘mitasi qo‘mita sessiyasiga IBAning tan olinishini qaytarmaslikni tavsiya qildi, chunki assotsiatsiya buning uchun 2021-yil dekabrida belgilangan zarur shartlarni bajarmagan.
Sud ma’lumotlariga ko‘ra, rossiyalik Umar Kremlov boshchiligidagi IBA XOQ tomonidan belgilangan zarur shartlarni bajarmagan. Xususan, moliyaviy shaffoflikni oshirish, hakamlarning halolligi monitoringi va nazoratini ta’minlash va XOQ tomonidan tavsiya etilgan boshqa choralar to‘liq bajarilmagan.
Eslatib o‘tamiz, XOQ 2019-yilda IBAni (o‘sha paytda AIBA) tan olishdan bosh tortgan edi. Tokio Olimpiadasida boks turniri saqlanib qoldi, ammo o‘yinlar XOQning maxsus komissiyasi va hakamlari tomonidan o‘tkazilgan edi.
2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ham boks yana IBA ishtirokisiz o‘tkaziladi.