TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida 24-iyul kuni soat 11:00 da Qirg‘iziston prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlariga bag‘ishlangan videoko‘prik muloqoti bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekiston va Qirg‘iziston mutaxassislari tashrif yakunlari, ikki davlat munosabatlaridagi rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishadi.
Ishtirokchi mutaxassislar:
Toshkentdan: Bobur Rasulov — O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining MDH va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i;
Bishkekdan: Akimova Nurgul Mamasadiqovna - iqtisodchi.
Jonli efir Sputnik O‘zbekistonning VKontakte ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida namoyish etiladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga davlat tashrifi 18-19 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishdi, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi.