O‘zbekistonlik chavandozlar Rossiyadagi xalqaro musobaqada 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Rossiyada ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha musobaqalar o‘z yakuniga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik chavandozlar Rossiyadagi xalqaro musobaqada 10 ta medalni qo‘lga kiritishdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Rossiya Federatsiyasida ot sportining konkur yo‘nalishi bo‘yicha “Yevroosiyo yoshlar o‘yinlari”, “Yevroosiyo o‘yinlari” va “Maxima Masters” musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

“Unda O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Oltin medal: Xurshidbek Alimjonov (“Yevroosiyo o‘yinlari”, 140 sm), Umid Kamilov (“Yevroosiyo o‘yinlari”, 115 cm), Bekzod Qurbonov (“Yevroosiyo o‘yinlari”, 135 cm).
Kumush medal: katta aylana yo‘nalishida jamoaviy bahs, kichik aylana yo‘nalishida jamoaviy bahs, Xurshidbek Alimjonov (“Yevroosiyo o‘yinlari”, 125 sm).
Bronza medal: Boburjon Valijonov (“Yevroosiyo yoshlar o‘yinlari”, 125 sm), Bekzod Ro‘zmuhamedov (“Maxima Masters”, 110 sm), Bekzod Qurbonov (“Yevroosiyo o‘yinlari”, 140 sm), Boburjon Valijonov (“Yevroosiyo o‘yinlari”, 130 cm).