Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Bir kechada Rossiya hududi uzra 75 ta dron yo‘q qilindi

Havo hujumidan mudofaa kuchlari tunda Rossiya hududi uzra Ukraina Qurolli kuchlarining 75 ta dronini yo‘q qildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. O‘tgan tunda havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya hududi uzra 75 ta Ukraina dronini urib tushirdi, deya xabar qildi Rossiya Mudofaa vazirligi.
Mudofaa vazirligi Kiyev rejimining dronlar yordamida terakt uyushtirishga urinishini ma’lum qildi.
“Navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rostov viloyati ustidan 47 ta, Belgorod viloyati ustidan bitta, Voronej viloyati ustidan bitta, Smolensk viloyati ustidan bitta va Krasnodar o‘lkasi ustidan sakkizta, shuningdek, Qora va Azov dengizlari uzra 17 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini tutib oldi va yo‘q qildi”, — deyiladi xabarda.
Krasnodar o‘lkasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Tuapse shahridagi neftni qayta ishlash zavodi infratuzilmasi uchuvchisiz samolyot qoldiqlari tushishi natijasida zarar ko‘rgan. Mutaxassislar yong‘inni bartaraf etishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Kiyev deyarli har kuni uchuvchisiz samolyotlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi nishonlarga hujum qilishga harakat qilmoqda. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman samolyotlarini muvaffaqiyatli tutib olmoqda.