Yevropadan jo‘natilgan amortizatorlar orasida portlovchi moddalar topildi — Rossiya FXX

Germaniya va Italiyadan yuborilgan amortizatorlar ichidana portlovchi moddalar va elektrodetonatorlar topildi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyul – Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Germaniya va Italiyadan jo‘natilgan posilkalar ichidan portlovchi moslamalar uchun ehtiyot qismlar yashirilganini aniqladi.

“FXX Sankt-Peterburgda bir qator teraktlar amalga oshirish maqsadida Rossiyaga olib kelinayotgan elektro detonatorlar va portlovchi moddalar kanalini aniqladi. Ular Italiya va Germaniyadan olib kelingan va avtomobil ehtiyot qismlari orasiga yashirilgan bo‘lgan", - deyilgan xabarda.

Terrorchilik harakatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan hujumchilar aniqlanib, qo‘lga olindi, ularning faoliyatini Rossiyada qidiruvda bo‘lgan Vladimir Zelenskiy idorasi rahbari o‘rinbosari Roman Mashoves nazorat qilgani aniqlandi.
Departamentning ta’kidlashicha, Yevropadan Rossiyaga portlovchi moddalarni olib o‘tishning shunga o‘xshash sxemasi 2023-yil aprelida Qrimda ham aniqlangan edi.
Yana shunga o‘xshash qo‘poruvchilik va terrorchilik harakatlarining tashkilotchilari va sheriklarini aniqlash uchun xavfsizlik idoralari tegishli Yevropa razvedka xizmatlariga murojaat qilgan, biroq hozircha ular javobsiz qolmoqda.