TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Ozarbayjonda o‘zbek kinolari namoyish etiladi, deya xabar berdi O‘zbekiston Madaniyat vazirligi.
O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixanov boshchiligidagi delegatsiya Ozarbayjon milliy kino fondida bo‘lishdi.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
“Bokuda 20–23-iyul kunlari “O‘zbek kinosi kunlari” tadbirlari bo‘lib o‘tadi”, — deyiladi xabarda.
Tadbir doirasida “Nizomiy” kino markazida Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh”, “Sudya”, “Evrilish”, “Yasha, xotin” filmlari namoyish etiladi.