O‘zbekiston hukumati Rossiya bilan birgalikda bir yarim yil ichida 6 ta ilg‘or muhandislik maktabini yaratmoqchi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida o‘tkazilgan videoko‘prikda ma’lum qildi.
“Biz uchun yaqin kelajakda hech qanday samaradorlik koeffitsiyentini yo‘qotmagan holda, OTMni tugatgandan so‘ng darhol o‘z faoliyatini, aytaylik, iqtisodiyot tarmoqlarida, sanoat blokida boshlaydigan muhandislik mutaxassislarini tayyorlash muhim ahamiyatga ega”, - deb tushuntirdi u.
Batafsil videolavhamizda tomosha qiling.