TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari Rossiya hududi uzra 27 ta Ukraina dronlarini urib tushirdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
“O‘tgan tun mobaynida Kiyev rejimi Rossiya Federatsiyasi hududidagi obyektlarga samolyot tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalangan holda terrorchilik hujumlarini amalga oshirishga uringanida, navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari Rostov viloyati hududi uzra 26 ta dronni yo‘q qildi va tutib oldi. Smolensk viloyati hududida bitta dron yo‘q qilindi”, — deyiladi xabarda.
Rostov viloyati gubernatori Vasiliy Golubevning so‘zlariga ko‘ra, dron hujumidan hech kim jabrlanmagan.
Smolensk viloyati gubernatori Vasiliy Anoxinning aniqlik kiritishicha, dron Smolensk viloyatida urib tushirilgan. Bu yerda ham qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q.
Ukraina Qurolli kuchlari deyarli har kuni dronlar yordamida Rossiyaning chegara va markaziy hududlaridagi obyektlarga hujum qilishga urinmoqda. Havo hujumidan mudofaa kuchlari dushman dronlarini muvaffaqiyatli tutib olmoqda.