TOShKENT, 19-iyul – Sputniik. Yaqin bir yarim yil ichida O‘zbekistonda Rossiya tajribasi asosida oltita ilg‘or muhandislik maktablari tashkil etish rejalashtirilgan, dedi jurnalistlarga respublika Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Sputnik multimedia matbuot markazida bo‘lib o‘tgan “Rossiya va O‘zbekistonning fan va oliy ta’lim sohasidagi hamkorligi” mavzusidagi videoko‘prik davomida.
“Biz Rossiya bilan birgalikdagi yaqin bir yarim yil ichida oltita ilg‘or muhandislik maktabini tashkil etishga kelishib oldik", – dedi Daliyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyiha Rossiyaning ijobiy amaliy tajribasi bo‘lib, bunda amaliyotga yo‘naltirilgan mutaxassislarni tayyorlash nazarda tutiladi. Daliyev bugungi kunda O‘zbekistonda sanoat jadal rivojlanayotganini eslatdi.
“Va shu nuqtayi nazardan, biz uchun yaqin kelajakda universitetni tamomlagandan so‘ng samaradorlikni yo‘qotmasdan, darhol o‘z faoliyatini boshlaydigan muhandis kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish muhim”, — deya qo‘shimcha qildi vazirning birinchi o‘rinbosari.
Rossiya Federatsiyasida Ilg‘or muhandislik maktablari — bu Ta’lim va fan vazirligining federal loyihasi bo‘lib, uning asosiy maqsadi - Rossiyaning texnologik suverenitetini ta’minlashga qodir bo‘lgan yangi avlodning yuqori malakali muhandislarini tayyorlash. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu yil Federal Majlisga qilgan murojaatida ushbu loyihani kengaytirishni taklif qildi. Gap Rossiyada allaqachon faoliyat boshlagan 50 ta muhandislik maktablariga qo‘shimcha ravishda Rossiya universitetlarida yana 50 ta maktabni tashkil etish haqida ketmoqda.