TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov ikki mamlakat birinchi xonimlari bilan Xivaga tashrif buyurishdi.
Mehmonlar "Ota darvoza"dan boshlab, "Ko‘hna ark" majmuasi, Sherg‘ozixon madrasasi, Juma masjidi, "Toshhovli" majmuasi va boshqa obidalar bilan tanishishdi. Ichan-qal’ada mehmonlar sharafiga o‘zbek xalq qo‘shiqlari va teatrlashtirilgan tomosha tashkil etildi.
Mirziyoyev i Djaparov posetili Xivu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Shundan so‘ng oliy martabali mehmonlar Nurillaboy saroyiga tashrif buyurildi. Bu saroy-bog‘ majmuasi XX asr boshlarida qurilgan bo‘lib, uning tarkibida madrasa, 100 tadan ortiq xonalar va galereyalar mavjud.
Mirziyoyev i Djaparov posetili Xivu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Saroy xonalarini bezashda xivalik mohir ustalar bilan birga chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etganlar. Saroyda sharqona qiyofa va Yevropaning modern uslubini uyg‘unlashgan.
Mirziyoyev i Djaparov posetili Xivu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Xiva “Ochiq osmon ostidagi muzey”, Markaziy Osiyoda yaxlit yodgorlik ko‘rinishida saqlanib qolgan yagona shahar hisoblanadi. Bu yerda 120 tadan ortiq me’moriy obidalar joylashgan. U 1990-yilda YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997-yilda 2500-yilligi nishonlangan. Xiva 2020-yilda Turkiy dunyoning madaniy poytaxti, 2024-yilda — Islom dunyosining turizm poytaxti deb e’lon qilingan.
Mirziyoyev i Djaparov posetili Xivu
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana