Mirziyoyev va Japarov do‘stlik konsertida qatnashdi — foto

Iste’dodli san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlarda ikki xalq madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligi o‘z ifodasini topdi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov rafiqalari bilan birga O‘zbekistonda Qirg‘iziston madaniyati kunlari boshlanishiga bag‘ishlangan konsertda ishtirok etdilar. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
“Ikki mamlakat san’at ustalarining ushbu konserti chuqur tarixiy ildizlar bilan bog‘langan, dini bir, qadriyat va an’analari mushtarak o‘zbek va qirg‘iz xalqlarining ko‘p asrlik do‘stligi ifodasi bo‘ldi”, - deyiladi xabarda.
1 / 9
2 / 9
3 / 9
4 / 9
5 / 9
6 / 9
7 / 9
8 / 9
9 / 9
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli qardosh xalqlar yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar esa keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga ko‘tarildi.
Iste’dodli san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlarda ikki xalq madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligi o‘z ifodasini topdi.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov qo‘shma bayonot imzoladi