Futbol: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yangi Zelandiya ustidan g‘alaba qozondi

Husayn Norchayev dubl qayd etdi, yana bir golga Oston O‘runov mualliflik qildi.
Sputnik
TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishidan avval ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini ham muvaffaqiyatli o‘tkazdi, deya xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Kecha Yangi Zelandiyaga qarshi kechgan nazorat bahsida Timur Kapadze shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.
Jamoa safida Husayn Norchayev dubl qayd etdi, yana bir golga Oston O‘runov mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Fransiyaning “Reysing Grass” klubiga qarshi kechgan o‘yinda 5:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
Jamoa Olimpiya o‘yinlaridagi ilk uchrashuvni 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi o‘tkazadi.
Futbol: O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida g‘alaba qozondi