TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Ukraina kamayib borayotgan qurol-yarog‘ zaxirasini to‘ldirmagunicha, kamida joriy yilning oxirigacha qarshi hujumni tashkil qila olmaydi, deya xabar bermoqda Amerikaning “ABC” telekanali harbiy tahlilchilarga tayanib.
“Kiyev armiyasiga tugab qolgan zaxirani to‘liq to‘ldirish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Ukraina kamida shu yil oxirigacha qarshi hujum tashkil eta olmaydi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Ukrainaning qarshi hujumi 2023-yil 4-iyunda boshlandi, uch oy o‘tgach, Rossiya prezidenti Vladimir Putin: “qarshi hujum” shunchaki to‘xtab qolgani yo‘q, “bu muvaffaqiyatsizlik”, dedi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “har qanday holatda ham natijaga erishish” urinishlari ortida Ukraina 71,5 ming harbiy yo‘qotdi - go‘yo “bu ularning odamlari emas”. O‘sha paytdagi mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari hech bir yo‘nalishda o‘z maqsadlariga erisha olmagan.