Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Ko‘ksaroyda muhokama qilgan mavzular

V rezidensii Kuksaroy sostoyalas torjestvennaya seremoniya vstrechi Prezidenta Kirgizskoy Respubliki Sadira Japarova
Sadir Japarov tashrifi davomida Qirg‘iziston bilan "Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot" imzolanadi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning tor doiradagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda ikki davlat rahbarlari hamkorlikning dolzarb masalalarini ko‘rib chiqishdi. Xususan:
Keng qamrovli strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolash;
Hamkorlikning yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish;
Tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga yetkazish;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari, avtomobilsozlik va to‘qimachilik sohalarida kooperatsiya loyihalari ishga tushiriladi.
Strategik mintaqaviy loyihalar: "Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temir yo‘li va Qambarota GES-1 qurilishi masalalari;
Chegaraoldi viloyatlar hokimlari kengashi doirasida yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.
Shuningdek, qishloq va suv xo‘jaligi, ekologiya, xavfsizlik va madaniy-gumanitar almashinuv masalalari ham muhokama qilindi.