Qirg‘iziston prezidenti davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi - foto

Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi. Oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajada muzokaralar o‘tkaziladi, ularda O‘zbekiston-Qirg‘iziston keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
1 / 6

Sadir Japarov rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi

2 / 6

Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi

3 / 6

Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi

4 / 6

Toshkent shahri xalqaro aeroportida ularni Mirziyoyev va rafiqasi kutib oldi

5 / 6

Qirg‘iziston prezidenti gullar bilan kutib olindi

6 / 6

O‘zbekiston va Qirg‘iziston bayroqlari

Sammit yakunida qator yirik qo‘shma loyihalarni ishga tushirish va salmoqli ikki tomonlama hujjatlarni imzolash rejalashtirilgan.
Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi