Toshkentda O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Forum yakunlari bo‘yicha 20 ta bitim, memorandum va savdo shartnomalari imzolandi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Kecha, 17-iyul kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston-Qirg‘iziston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Forumda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlashmalari, viloyat hokimliklari rahbarlari va 350 nafardan ortiq ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi.
Forumda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmida o‘sish kuzatilgani aytildi. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra mazkur ko‘rsatkich 1 milliard dollarga yetgan. Tovar ayirboshlashning yanada oshishini ta’minlash uchun tayyor to‘qimachilik, oziq-ovqat, plastmassa, poyabzal, IT-xizmatlari, o‘g‘itlar, qurilish materiallari, maishiy texnika va farmatsevtika mahsulotlari, qoramol va mayda chorva mollari, ko‘mir, oziq-ovqat va talabga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni o‘zaro yetkazib berishni ko‘paytirish choralarini ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Uzbeksko-Kirgizskom biznes-forum
Forum doirasida B2B va G2B muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Forum yakunlari bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, logistika markazini tashkil etish, chiqindilarni qayta ishlash, geologiya-qidiruv va ko‘mir yetkazib berish, IT-xizmatlari ko‘rsatish, elektrotexnika va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berish bo‘yicha 20 ta bitim, memorandum va savdo shartnomalari imzolandi.
Sadir Japarov O‘zbekistonga keladi