O‘zbekistonda “Qirg‘iz madaniyati kunlari” boshlandi

Sadir Japarovning davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston biznes forumi va boshqa qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 18-22 iyulda “Qirg‘iz madaniyati kunlari” bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbir doirasida respublikaning turli manzillarida bir qator madaniy ko‘ngilochar tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
18 iyul
“O‘zbekiston” forumlar saroyida o‘zbek-qirg‘iz san’at ustalari ishtirokida qo‘shma konsert
19 iyul
Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida “Qirg‘iz kino kunlari” ochilishi,
“Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qirg‘iz ovuli” nomli ko‘rgazma va konsert dasturi
20 iyul
O‘zbekiston davlat konservatoriyasida Qirg‘iz Respublikasi xalq artisti, kompozitor M.Begaliyevning konserti,
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida “Somonchining yo‘li” nomli spektakl namoyishi
“Moviy gumbazlar” xiyobonida “Qirg‘iz ovuli” nomli ko‘rgazma va konsert dasturi
22 iyul
Buxoro viloyati Yoshlar markazida “Qirg‘iz madaniyati kunlari” doirasida konsert.
Ma’lumot uchun, bugun O‘zbekistonga Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning davlat tashrifi boshlandi. Tashrif arafasida O‘zbekiston - Qirg‘iziston biznes forumi va boshqa qator tadbirlar bo‘lib o‘tadi.