Mirziyoyev va Japarov yangi kooperatsiya loyihalariga start berdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ushbu loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdilar. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Glavi Uzbekistana i Kirgizstana dali start novim proyektam kooperatsii
Jumladan, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida umumiy quvvati 400 megavatt bo‘lgan ikkita quyosh elektr stansiyasi qurilishiga start berildi. Ushbu stansiyalarda ishlab chiqariladigan elektr energiyasi Qirg‘izistonga yetkazib berilishi ko‘zda tutilgan.
Chuy viloyatida zamonaviy yengil avtomobillar va tijorat texnikalari ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Xususan, u yerda "Kobalt," "Oniks" va "Treker" rusumli yengil hamda yuk avtomobillari yig‘iladi.
Shuningdek, Qora-Balta shahrida tikuv-trikotaj mahsulotlari va mato ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonaga zamonaviy texnologik uskunalar yetkazib berilib, o‘rnatildi.
Glavi Uzbekistana i Kirgizstana dali start novim proyektam kooperatsii
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari ushbu loyihalar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov Ko‘ksaroyda muhokama qilgan mavzular