O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga (YeOII) bosqichma-bosqich kirish strategiyasini qabul qildi. Bu fikrni "Ma’no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Markaziy Osiyo davlatlarining YeOII doirasidagi iqtisodiy integratsiya strategiyalari va istiqbollari” mavzusidagi Toshkent-Bishkek videoko‘prigida bildirdi.
“2017-2019 yillarda bizda juda kuchli munozaralar bo‘ldi. Men bu borada bir qator materiallarni tayyorlab, nashr qilganman. Men O‘zbekiston YeOIIga a’zo bo‘lishdan dastlab katta foyda ko‘rishi mumkin bo‘lgan bir qancha yo‘nalishlar, sohalardan kelib chiqqanman. Bu mehnat migrantlari masalalaridan tortib, to‘qimachilik va avtomobilsozlik kabi sohalargacha”, - deydi Ergashev.
Batafsil videolavhada tomosha qiling.