TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Qozog‘iston g‘arbidagi Mang‘istau viloyatidagi "Oymasha" poligonida “Birlestik-2024” xalqaro harbiy o‘quv-mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tmoqda.
O‘quvlar davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Tojikiston va Ozarbayjon harbiylari birgalikda 17 ta taktik epizodlarni birgalikda mashq qildilar.
"Ushbu tadbirlar barchasi yagona jangovar vazifani bajarishga qaratilgan: hududni egallab olishga va xalifalik yaratishga intilayotgan noqonuniy qurolli guruhlarni aniqlash, ularning harakatlarini cheklash va yo‘q qilish", - deyiladi xabarda.
Maxsus operatsiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishda razvedka muhim rol o‘ynadi. Havo kuchlari ekipajlari, uchuvchisiz apparatlar yordamida jinoiy guruhlar bazalarini aniqlab, ularning koordinatalarini armiya aviatsiyasiga uzatildi. Shundan so‘ng noqonuniy kuchlar artilleriya yordamida o‘qqa tutildi. Birlashgan bo‘linmalari dushmanni “o‘t qopiga” olib kirish uchun manyovr o‘tkazdi.
Qo‘shinlar, shuningdek, shartli dushman tomonidan uchirilgan dronlar to‘dasiga zenit o‘qotar tizimlari va elektron kurash vositalari yordamida qarshilik ko‘rsatishdi.
Qo‘shinlar, shuningdek, shartli dushman tomonidan uchirilgan dronlar to‘dasiga zenit o‘qotar tizimlari va elektron kurash vositalari yordamida qarshilik ko‘rsatishdi.
So‘nggi bosqichda mobil guruhlar, tank qo‘shinlari va desantchi kuchlar ham ishtirok etdi.
Kuzatuv maydonchasidan qo‘shma qo‘shinlar guruhi harakatlarini Qozog‘iston mudofaa vaziri general-polkovnik Ruslan Jaqsiliqov va uning Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekistondan kelgan hamkasblari kuzatdilar.
Harbiy mashg‘ulotlarning navbatdagi bosqichi Kaspiy dengizi sohilida va Tokmak burni yaqinidagi dengiz hududida davom etadi.