Matbuot markazi

Videoko‘prik: Rossiya va O‘zbekistonning fan va oliy ta’lim sohasidagi hamkorligi

Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “Rossiya va O‘zbekistonning fan va oliy ta’lim sohasidagi hamkorligi” mavzusida videoko‘prik bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
Tadbir 19-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da o‘tkaziladi.
Moskvadagi ishtirokchi:
Rossiya Federatsiyasi fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy;
Toshkentda:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev.
Muloqot davomida quyidagilar muhokama qilinadi:
Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari qanday?
Yaqin kelajakda qanday yangi dasturlarni ishga tushirish rejalashtirilgan?
Iyun oyi oxirida Vladivostokda bo‘lib o‘tgan IV Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumining natijalari qanday?
Tadbirga jurnalistlar taklif etiladi.
+998971907178 telefon raqami yoki @alisherakimbaev Telegram manzili orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.