TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. Shanba kuni uyushtirilgan suiqasddan so‘ng Donald Trampga tegishli "Truth Social" ("Haqiqat" ijtimoiy tarmog‘i) aksiyalari 70 foizdan ko‘proqqa qimmatlashmoqda, RIA Novosti xabariga asosan.
Moskva vaqti bilan soat 11.35 holatiga ko‘ra, "Trump Media & Technology Group Corp." aksiyalari narxi oldingi savdolardan 70,7 foizga oshib, har bir qimmatli qog‘oz uchun 52,83 dollarni tashkil qildi.
AQShning sobiq prezidenti shanba kuni Pensilvaniya shtatida saylovoldi chiqishi vaqtida otishma odir bo‘ldi. Unda Tramp qulog‘idan yaralandi va chiqishni to‘xtatdi. Keyinroq Tramp ko‘p qon yo‘qotganini aytdi. Sahna tomon o‘q uzgan gumonlanuvchi maxfiy xizmatlar tomonidan otib o‘ldirgan. Otishmada tomoshabinlardan biri halok bo‘lgan, yana ikki nafari yaralangan.
Keyinroq FQB Trampga suiqasd uyushtirilganini ma’lum qildi. Mahalliy matbuotning yozishicha, gumonlanuvchi 20 yoshli Tomas Metyu Kruks miting bo‘lib o‘tgan Pensilvaniya shtatida yashaydi. U sahnadan taxminan 100 metr uzoqlikdagi sanoat binosi tomida yashiringan bo‘lgan.