Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya harbiylari DXRda Urojaynoyeni ozod qildi

Rossiya harbiylari Urojaynoyeni ozod qildi va u yerda minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. “Vostok” guruhi harbiy xizmatchilari DXRning Urojaynoe aholi puktini ozod qildi. Bu haqda RIA Novosti Mudofaa vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Vostok qo‘shinlari guruhining bo‘linmalari muvaffaqiyatli harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasining Urojaynoe aholi punktini egallab oldi va uni minalardan tozalash ishlarini olib bormoqda”, — deyiladi xabarda.
“Vostok” jangchilari Doneskning Vodanoe, Prechistovka, Velikaya Novoselka va Makrovka tumanlarida to‘rtta Ukraina brigadasining ishchi kuchi va texnikasiga ham zarba berdi.
Bundan tashqari, ular shturmchilarning ikkita qarshi hujumini qaytarishdi.
Ukraina Qurolli kuchlari so‘nggi 24 soat ichida quyidagilarni qo‘ldan boy berdi:
155 nafargacha harbiy xizmatchi;
to‘rtta avtomobil;
155 mm gaubitsa M777;
beshta 155 mm gaubitsa FH -70;
152 mm D-20 quroli.