Mirziyoyev Trampga suiqasd haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi — Asadov

Sherzod Asadov: Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Donald Trampning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
"Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Pensilvaniya shtatida saylovoldi uchrashuvda nutq so‘zlayotgan chog‘ida uning hayotiga suiqasd uyushtirilgani haqidagi xabarni chuqur xavotir bilan qabul qildi", — deyiladi xabarda.
Uning qayd etishicha, davlat rahbari ushbu zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaydi va Donald Trampga tez fursatda sog‘ayib ketishini tilaydi.
Trampga suiqasd: video va tafsilotlar