O‘zbekiston vakillari Qirg‘izistonda o‘tkazilgan raqs san’ati festivalida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston bo‘linmasining "Orol yigitlari" raqs ansambli tanlovning mutlaq g‘olibi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. Joriy yilning 7-12 iyul kunlari Qirg‘izistonning O‘sh shahrida "Raqs san’ati - 2024" II Xalqaro do‘stlik festivali bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.
Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston raqs jamoalari ishtirok etdi.
Tansevalniy festival "Iskusstvo tansev-2024"
Tadbir doirasida turli mamlakatlardan kelgan raqs san’ati ustalarining O‘sh shahar ko‘chalari bo‘ylab yurishlari va hunarmandchilik ko‘rgazma-yarmarkalari tashkil etildi. Shuningdek, festival kunlari O‘sh shahridagi turli dam olish maskanlarida ishtirokchilar tomonidan konsert dasturlari namoyish etildi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyat bo‘linmasi ijodiy jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston raqs jamoalari 2-o‘rin, Turkiya vakillari 3-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpog‘iston bo‘linmasining "Orol yigitlari" raqs ansambli esa tanlovning mutlaq g‘olibi bo‘ldi va Gran-prini qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoaga Kiprga sayohat yo‘llanmasi taqdim etildi.