TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. F-16 samolyotlarini yetkazib berish bilan bog‘liq qator muammolar tufayli Ukraina bu yozda va’da berilganidan ancha kam samolyot oladi, deb yozmoqda Bloomberg o‘z manbalarga tayanib.
Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaga va’da berilgan 300 ta samolyotdan 15-24 tasi yetib keladi xolos. UQK bulardan faqat bitta eskadronni shakllantirishi mumkin. Yana bir manbaning aytishicha, yil oxirigacha Kiyev 20 ga yaqin qiruvchini qabul qila oladi.
"Samolyot yetkazib berish bilan bog‘liq bo‘lmagan yana bir muammo bor - bu Rossiyaning Ukrainadagi uchish-qo‘nish yo‘laklariga zarba berish qobiliyati, deydi Jim Taunsend, Yangi Amerika xavfsizligi markazining katta ilmiy xodimi. Bu aerodromlar yaxshi, shirali nishonlarga aylanadi va ruslar F-16 samolyotlariga "xush kelibsiz" sifatida ularga allaqachon zarba bera boshladi", dedi ekspert.
Shuningdek, u mojaroning har ikki tomoni ham dronlardan foydalanishni afzal ko‘rishini, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirishga muvaffaq bo‘lganini, bu esa Kiyevga ko‘p sonli samolyot jo‘natish maqsadga muvofiqligini yana bir bor shubha ostiga qo‘yishini ta’kidladi.
Ukraina rasmiysi vaziyatni izohlar ekan, uchuvchilarni tayyorlash va qiruvchi samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish uchun xodimlarni yollashda kechikishlar kuzatilayotganini tan oldi.
AQSh prezidenti Jo Baydenning maslahatchisi Jeyk Sallivan va F-16 samolyotlarini ishlab chiqaruvchi Lockheed Martin kompaniyasi vakili Ukrainaga qiruvchi samolyotlar yetkazib berishdagi kechikishlar haqida izoh berishdan bosh tortdi.
Avvalroq Oq uy matbuot xizmati Daniya, Niderlandiya va AQSh rahbarlarining qo‘shma bayonotida g‘arb davlatlari Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlari eskadronlarini taqdim etishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgan edi. Ukrainalik uchuvchilar F-16 dan shu yozda foydalanishlari mumkin, samolyotni topshirish jarayoni boshlandi, deb xabar bergan edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga yangi qurollar, jumladan, F-16 samolyotlarini yetkazib berish frontdagi vaziyatni o‘zgartirmasligini, aksincha, mojaroning cho‘zilishiga olib kelishini ta’kidladi. Shuningdek, u bu qiruvchilar Ukraina Qurolli kuchlarida paydo bo‘ladigan bo‘lsa, G‘arb reklama qilgan boshqa harbiy texnikalar kabi yonib ketishini ham ta’kidlagan edi.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri, Ukraina Qurolli kuchlari jami 627 ta samolyot, 277 ta vertolot, 27 536 dona uchuvchisiz apparatlar, 546 ta zenit-raketa tizimi, 16 560 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1376 ko‘p raketali tizimlar, 11 768 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, 23 597 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi hisobotiga ko‘ra, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri, Ukraina Qurolli kuchlari jami 627 ta samolyot, 277 ta vertolot, 27 536 dona uchuvchisiz apparatlar, 546 ta zenit-raketa tizimi, 16 560 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1376 ko‘p raketali tizimlar, 11 768 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, 23 597 dona maxsus harbiy mashinalardan mahrum bo‘lgan.