“Farg‘ona aholisi 4 milliondan oshdi. Bunday o‘sish bilan viloyat aholisi 2030-yilga borib 5 millionga yetadi. Bu – Farg‘ona viloyatini o‘zida yiliga 100 ta yangi bog‘cha, 40 ta maktab, 20 mingta xonadon va 500 mingta qo‘shimcha ish o‘rni yaratish kerak degani,” - dedi Mirziyoyev.
Sanoatni rivojlantirish
Farg‘onadagi 10 ta sement zavodi quvvatining uchdan birida ishlayapti, chunki ularning mahsuloti raqobat qila olmayapti. Viloyatda 36 ta temir-beton korxonasi tomonidan ishlab chiqarilatogan mahsulot olib borilayotgan qurilishlarning 50 foiz ehtiyojini qoplaydi xolos. Yil yakunigacha temir-beton korxonalarini ko‘paytirish shart, dedi prezident.
"Viloyat hokimining o‘zi va har bir o‘rinbosari, 19 ta tuman va shahar hokimi kuniga kamida 5 tadan tadbirkor va xorijiy investorni qabul qilib, ularni muammosini hal qiladi", - dedi prezident.
Kambag‘allikni qisqartirish
"Kambag‘al deb qancha nafaqa to‘laganimiz bilan, ish topib bermasak, yana ijtimoiy yordamga qayta-qayta kelaveradi, boqimandalik kuchayib boraveradi. Shu bois endi kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya bir tizimda bo‘ladi. Buni respublikada Ijtimoiy himoya agentligi boshqaradi", – dedi Shavkat Mirziyoyev.