MDH deputatlari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirdi

Deputatlar 1967-yil chegaralarida Falastin davlatini tashkil qilishni jarayonini boshlash zarurligi ta’kidlashdi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan X BRIKS davlatlari parlamentariylari forumida MDH Parlamentlararo Assambleyasi a’zolari G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilishdi.
Ushbu talabni yoqlab Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ovoz berdi. Armaniston va Ozarbayjon ovoz berishda ishtirok etmadi.
“MDH parlamentariylari G‘azo sektorida zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatishni talab qilishdi. Birinchi navbatda BMT shafeligida barcha jabrlanganlar va muhtojlarga yordam ko‘rsatishni ta’minlash, barcha garovga olingan va o‘zboshimchalik bilan hibsga olingan shaxslarni ozod etish zarur, 1967-yil chegaralarida poytaxti Sharqiy Quddusda joylashgan Falastin davlatini tashkil qilishni jarayonini boshlash zarur, - deyiladi bayonotda.
MDH PA kengashi "G‘azo sektori Falastin davlati hududining ajralmas qismi" ekanligini ta’kidladi va Falastin-Isroil kelishuvining ikki davlat formulasini qo‘llab-quvvatladi.
Shuningdek, MDH parlamentariylari Falastin hududidagi vaziyat masalasi BMT Bosh Assambleyasi Xavfsizlik Kengashi, shuningdek, Xalqaro Sud tomonidan ko‘rib chiqilishini zarur deyiladi.
MDH parlamentariylari Osiyo, Yevropa, Arab va Turkiy davlatlari parlamentariylar uyushmalarini, Islom hamkorlik tashkiloti a’zolarini, YeXHTni, qon to‘kilishini to‘xtatish va G‘azo sektori va G‘arbiy Sohilda tinch aholini himoya qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga faol hissa qo‘shishni talab qilmoqda.
Isroil - Falastin mojarosi 2023-yil 7-oktabrda Falastinning XAMAS harakatining Isroil chegara hududlari hujumidan so‘ng keskinlashdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra ushbu hujumda 1200 kishi qurbon bo‘lgan va 200 kishi garovga olingan.
Shundan so‘ng Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorini suv, elektr, yoqilg‘i va oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha to‘liq blokadaga oldi va harbiy operatsiyani boshladi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda qurbonlar soni 38 mingdan ortgan, jarohatlanganlar 88,2 ming kishini tashkil qilgan.
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tasdiqlangan formula asosida, poytaxti Sharqiy Quddusda bo‘lgan, 1967-yil chegaralari doirasida Falastin davlatini yaratish orqali kelishuvga erishish tarafdori.