Belarusda bo‘lib o‘tgan xalqaro tanlovining bosh sovrini O‘zbekistonga yo‘l oldi

O‘zbekiston vakili Yasmina Xusnutdinova mumkin bo‘lgan 140 balldan 139 ball to‘plagan.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Belarusda "Vitebskdagi slavan bozori" XXII Xalqaro musiqa festivali doirasidagi bolalar tanlovi g‘olibi o‘zbekistonlik Yasmina Husniddinova bo‘ldi, deb xabar bermoqda BELTA axborot agentligi.

“Slavan bozori”ning eng hayajonli tanlovlardan birining g‘olibi aniqlandi: Bolalar tanlovida gran-prini O‘zbekiston vakilasi Yasmina Husniddinova oldi. Qo‘shiqni o‘z ona tilida ijro etgan yosh yulduz zalni mutlaq hayajonga keltirdi va maksimal ballni qo‘lga kiritdi", - deyiladi xabarda.

G‘olibga sovrinni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko topshirdi.

“Vitebskdagi slavan bozori” — 1992-yildan buyon har yili o‘tkazib kelinayotgan xalqaro san’at festivali. Festival dasturida musiqa, teatr, kino, tasviriy san’at va xalq hunarmandchiligining turli janrlari namoyish etiladi. Bu Sharqiy Yevropadagi eng yirik festivallardan biri. Unda Yevropa, Afrika va Janubiy Amerikadan ko‘plab ishtirokchilar qatnashadi. Festival doirasida vokalistlar tanlovi ham bo‘lib o‘tadi. Turli yillarda ko‘plab nufuzli shaxslar festival mehmoni bo‘lgan.