Uchinchi jahon urushi xavfi qanday — ekspert javobi

Ekspert Karaganov: Uchinchi jahon urushi xavfi bugungi kunda kuchaymoqda.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Bugungi kunda uchinchi jahon urushi xavfi kuchayib bormoqda, u G‘arb Rossiyani "yo‘q qilishga" urinayotgan Yevropada paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda Rossiya Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Jahon iqtisodiyoti va jahon siyosati fakulteti ilmiy direktori Sergey Karaganov RIA Novostiga ma’lum qildi.

“Men darhol ha, deb aytaman, Uchinchi jahon urushi xavfi bugungi kunda kuchaymoqda. Qayerda paydo bo‘ladi? Albatta, Yevropada, chunki buning asosiy sababi G‘arbning Rossiyani izdan chiqarishga bo‘lgan umidsiz urinishidir. Mana nima uchun men so‘nggi yetti o‘n yillikda ishonchli sug‘urta rolini o‘ynagan yadro omili, yadro quroli rolini jonlantirishni ma’qullayman",— dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Vashington o‘rtasida shu vaqtgacha mavjud bo‘lgan "qo‘rquv muvozanati" bugun qaytarilishi kerak.
"Biz nafaqat o‘z milliy manfaatlarimizni himoya qilish uchun, balki xalqaro tinchlikni saqlash uchun ham yadro quroliga e’tibor qaratishimiz kerak", — deb ta’kidladi Karaganov.