Shavkat Mirziyoyev Qo‘qon aeroportiga bordi — foto

Prezident Shavkat Mirziyoyev yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish uchun yangidan ochilgan Qo‘qon aeroporti bilan tanishdi.
Sputnik
TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar rivoji bilan yaqindan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatiga keldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, shu yil mart oyida Qo‘qon aeroporti yangidan ochildi. Bugun O‘zbekiston prezidentining samolyoti ilk bor bu yerga qo‘ndi.
Aeroport Kokanda vpervie v svoyey istorii prinyal krupniy samolet
Aeroportda 100 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan yangi terminal qurilgan, uchish-qo‘nish yo‘lagi qoplamasi ta’mirlangan. Zamonaviy aeronavigatsiya uskunalari o‘rnatilgan. Bu ishlar natijasida aeroport A 320-200 va ATR 72-600 rusumli samolyotlarni qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Aeroport Kokanda vpervie v svoyey istorii prinyal krupniy samolet
“Prezidentimiz endi bu aeroport xalqimizga manfaat keltirishi kerakligini ta’kidladi. Buning uchun narx va xizmatlarni odamlarga qulay qilib, parvozlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanish yaxshi samara beradi, xalqaro reyslarni ham yo‘lga qo‘yish mumkin.
Aeroport Kokanda vpervie v svoyey istorii prinyal krupniy samolet
Ma’lumot uchun, mazkur aeroport 1977-yilda qurilgan bo‘lib, yaqin yo‘nalishlarga parvozlar amalga oshirilgan. Keyinchalik faqat harbiy havo kuchlari tomonidan foydalanilgan. Modernizatsiya natijasida ushbu aeroport orqali yana fuqaro aviatsiyasi parvozlari yo‘lga qo‘yildi.
Aeroport Kokanda vpervie v svoyey istorii prinyal krupniy samolet